O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda qancha erkak o‘qituvchi xalq ta’limi tizimiga qaytgani aytildi
Jamiyat
−
14 iyul 2021
11626O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda qariyb 45 ming nafar erkak o‘qituvchi xalq ta’limi tizimiga qaytdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, 2020-2021–yildan O‘zbekiston xalq ta’limi tizimidagi jami o‘qituvchilar soni 501 044 nafarni tashkil qilmoqda. Shundan 159 104 nafari erkak o‘qituvchilar hisoblanadi.
Qayd etish kerakki, 2018-2019–yillarda jami o‘qituvchilar soni 445 638 nafarni tashkil etgan va shundan 133 207 nafari erkak o‘qituvchilar edi.
Ma’lumot uchun, so‘ngi 5 yillik davr mobaynida xalq ta’limi tizimida o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar soni 64 892 dan 46 214 nafarga (30 foizga) kamaygan.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar