O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha pilot loyiha ishlab chiqiladi

Jamiyat

image
Toshkent osmonida sun’iy yomg‘ir yog‘dirilishi mumkin. Inson tabiatni boshqara oladimi? north_east

Toshkent osmonida sun’iy yomg‘ir yog‘dirilishi mumkin. Inson tabiatni boshqara oladimi?

O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha pilot loyiha ishlab chiqiladi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 16 fevral kungi farmoni bilan tasdiqlangan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, loyiha yog‘ingarchilik miqdorini 10−20 foizga oshirishi mumkin. Bunda Fransiya, Xitoy va Saudiya Arabistoni tajribasi asos qilib olinadi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi joriy yilning 1 martidan boshlab xorijiy tajribani o‘rgangan holda (Xitoy, Fransiya va Saudiya Arabistoni) sun’iy yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasiga ilmiy asoslangan holda pilot amaliy loyihani ishlab chiqadi. 

Loyihani ishlab chiqish 1 martdan boshlanishi aytilgan. Bunga Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi hamda Toshkent viloyati hokimligi mas’ul etib belgilan.

Pilot tajribalar doirasida kamida 3–5 ta amaliy sinovlar o‘tkaziladi. Bu orqali yog‘ingarchilik o‘zgarishi tabiiy fonga nisbatan 20 foizgacha o‘sishi ta’minlanadi.

Ma’lumot uchun, Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2025 yilda ilk bor Navoiy viloyatining Konimex tumanida sun’iy yomg‘ir yog‘dirish qurilmasi o‘rnatilgani haqida xabar bergan edi. O‘shanda loyiha Qozog‘istonning International Centre of Climate Change Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

yog'ingarchilik sun'iy yomg'ir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing