O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi ishlab chiqarildi

Jamiyat

image

Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarildi. Bu haqda Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi (RFPI) xabar berdi.

“RFPI va O‘zbekistonning yetakchi farmatsevtika ishlab chiqaruvchilaridan biri — “Jurabek Laboratories” Rossiyaning koronavirusiga qarshi “Sputnik V” vaksinasi birinchi partiyasi ishlab chiqarilganini e’lon qildi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan vaksina mamlakatda koronavirusga qarshi aholini emlash dasturini amalga oshirish uchun ishlatiladi”, deyiladi jamg‘arma xabarida.

Joriy yil fevral oyida O‘zbekistonda foydalanish uchun sertifikatlangan “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish to‘g‘risida Rossiya va O‘zbekiston rasmiylari may oyida kelishib olgandi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lgan suhbatda ham ushbu mavzu tilga olingandi

Qayd etish kerakki, Shavkat Mirziyoyev 29 iyul kuni Olmaliq shahrida bo‘lganida “Jurabek laboratories” qo‘shma korxonasiga ham tashrif buyurgan edi. Bugun Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi aynan shu korxonada ishlab chiqarilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunga kelib, “Sputnik V” vaksinasi umumiy aholisi 3,7 milliarddan ortiq bo‘lgan 69 mamlakatda ro‘yxatga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing