O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari boshlandi

Jamiyat

image

So‘nggi vaqtda jahonda koronavirus infeksiyasining yangi shtammi tarqalishi munosabati bilan aholini emlash bo‘yicha chora-tadbirlar sezilarli darajada jadallashdi. Xususan, AQSH, Buyuk Britaniya, Isroil, BAA, Xitoyda aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. 

Shu munosabat bilan Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida mamlakatda barqaror epidemiologik vaziyatni saqlab qolish maqsadida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyevning O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasining “Sputnik V” koronavirus vaksinasini o‘rganish yuzasidan ushbu mamlakatga tashrifi natijalari bo‘yicha hisoboti eshitildi.

Unda “Sputnik V” vaksinasi uchinchi bosqich klinik sinovlari yakuniga yetkazilganligi hamda Rossiya Federatsiyasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, shuningdek, ushbu vaksinani O‘zbekistonda sertifikatlashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha takliflar kelib tushganligi ta’kidlandi.

Rossiya Federatsiyasi tomonidan taqdim etilgan uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari tahlili muhokama qilindi va birlamchi bosqichda sertifikatlashtirish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini boshlash mumkinligi ma’qullandi.

Shu bilan birga Innovatsion rivojlanish va Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘zbekistonda Xitoyning “Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi “ZN2001” vaksinasining O‘zbekistonda 2020 yil dekabr oyidan boshlab 7 mingdan ortiq ko‘ngillilarda o‘tkazilayotgan uchinchi bosqich klinik sinovlari, shu jumladan, hozirgi kunga qadar birorta vaksina qabul qilgan ko‘ngillida uning nojo‘ya ta’siri kuzatilmaganligi bo‘yicha axboroti tinglandi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing