O‘zbekistonda siam egizaklari tug‘ilishida kim aybdor?
Intervyu
−
10 iyul 2020
52621Joriy yilning 29 iyunida Samarqandda ikki boshli chaqaloq dunyoga kelganligi haqida xabar bergan edik. Chaqaloq 6 iyul kuni qilingan muolajalarga qaramay, vafot etdi.
O‘zbekistonda bir necha yillardan buyon reproduktiv salomatlik, onalik va bolalik muhofaza haqida bong uriladi. Shunga qaramay, nogironligi mavjud, nosog‘lom bolalar tug‘ilishiga sabab nima? Nega Samarqandda siam egizaklarining tug‘ilishi oldi olinmadi? Bunga kim aybdor? QALAMPIR.UZ ushbu savol bilan Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonovaga yuzlandi.
“Siam egizaklari bo‘yicha men tahlil qildim, chaqaloq tug‘ilmasidanoq holat skriningda aniqlangan. Ayolning o‘ziga va oila a’zolariga bu haqda aytilgan. Aslida qonun bo‘yicha bunday patologiya aniqlanganda, homilani to‘xtatish zarur. Chunki, bu onaning va bolaning hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan holat hisoblanadi. Bu holatda ayol va oila a’zolari bunga rozi bo‘lmagan. Bola dunyoga kelgan”, deydi Elmira Bositxonova.
Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, avval boshdan nosog‘lom chaqaloqning abort qilinishiga qarshi chiqqan ota-ona va uning yaqinlari, chaqaloq bu holda dunyoga kelganidan keyin undan voz kechishgan.
“Tana bir, bosh ikkita holatda bo‘lgan siam egizaklarining yashab ketish ehtimoli dunyo tajribasida juda past. Bola olamdan o‘tdi, buni alohida aytishimiz kerak chaqaloq vafot etmasdan oldin ota-ona farzanddan voz kechishdi. Bu vaziyatda shunday xulosa qildim, skrining markazida suhbatni faqat shifokorga qoldirmasdan, balki men kuni kecha ishlagan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xodimlari, mahalla ahli, kayvonilar ham ayolning oila a’zolari bilan suhbatlashishi kerak. Agar bu to‘g‘ri tushuntirilsa, bola hali rivojlanmaganida, embrion davridayoq to‘xtatish mumkin. Oila yana boshqa sog‘lom farzandlar dunyoga keltirish imkoniyati bo‘lishi kerakligini tushuntirishda biz o‘z harakatlarimizni aniq belgilab olishimiz kerak”, deydi Bositxonova.
LiveBarchasi