Samarqandda tug‘ilgan siam egizaklari vafot etdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 29 iyunida Samarqandda ikki boshli chaqaloq dunyoga kelganligi haqida xabar bergan edik. Chaqaloq bugun, 6 iyul kuni qilingan muolajalarga qaramay, vafot etdi. Bu haqda Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.  

Shu yilning 25 iyunida fuqaro M.Ch. homilaning 38 xaftaligi bilan viloyat Perinatal markaziga murojaat qilgan hamda 27 iyun, shanba kuni undan siam egizaklari dunyoga kelgan. 

Chaqaloqlarda nafas va yurak yetishmovchiligi borligi, ularga doimiy namlangan va ilitilgan kislorod bilan nafas olishi hamda tajribali mutaxassislar nazoratida bo‘lishi zarurligi sababli egizaklar joriy yilning 29 iyun kuni Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga o‘tkazilgan edi.

Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan, chaqaloqlarda ko‘p sonli tug‘ma rivojlanish nuqsonlar borligi sababli dastlab soat 7:50 da siam egizaklarining birinchisi, 10:50 da esa ikkinchisi nafas va yurak yetishmovchiligi tufayli vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Siam egizaklari

Baholaganlar

593

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made