O‘zbekistonda Shri-Lankaning 8 nafar fuqarosi sudlandi
3-sahifa
−
13 may 2022
16663Toshkentda soxta pasport bilan chet elga chiqmoqchi bo‘lgan 8 nafar Shri-Lanka fuqarosi sudlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 8 aprel kuni Shri-Lankaning 8 nafar fuqarosi qalbaki Fransiya va Italiya pasportlari bilan Toshkent-London yo‘nalishi buyicha uchmoqchi bo‘lganida chegara nazorati xodimlari tomonidan to‘xtatilib, reysdan qoldirilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tayinlangan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, chet el fuqarolaridagi 2 ta Italiya va 6 ta Fransiya davlatining pasportlari qalbaki ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent aviatsiya transport prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 223 (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) va 228-moddalari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilgan.
Tergov natijasiga ko‘ra, 8 nafar xorijliklarga nisbatan ayblov e’lon qilinib, jinoyat ishi ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining hukmi bilan sudlanuvchilarga tegishli jazolar tayinlandi.
LiveBarchasi