O‘zbekistonda shifokorlar tanqismi?
Jamiyat
−
18 avgust 2023
4760O‘zbekistonda aholi soni ko‘paygani sari shifokorlarga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda. Xususan, 2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, bir nafar shifokorga o‘rtacha 358 nafar aholi to‘g‘ri keladi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, eng katta ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida – 558 ta qayd etilgan. Qolgan viloyatlarda ham bir shifokorga 300-400 tadan ko‘p bemor to‘g‘ri keladi. Faqatgina Toshkent shahri bundan mustasno. Poytaxtda 123 kishi uchun bitta shifokor to‘g‘ri kelishi qayd etilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonga davolanish maqsadida tashrif buyurayotgan sayyohlar soni ham oz emas. So‘nggi 6 oyda xuddi shu maqsadda kelganlar soni 32,2 mingga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning yanvar-iyun oylarida 2 milliondan ortiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
LiveBarchasi