O‘zbekistonda senatorlar 100 tadan 65 taga kamaytirilmoqda

Jamiyat

image

Senatorlar soni amaldagi 100 tadan 65 taga o‘zgarmoqda. Bunda Senatni shakllantirishning amaldagi tartibi saqlanib qolinmoqda. Bu haqda bugun, 9 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida deputat Jahongir Shirinov “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasiga tushuntirish berayotib aytib o‘tdi. 

Qonun Senat tomonidan oltmish kun ichida ko‘rib chiqilishi belgilanmoqda. Agar Senat qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida oltmish kun ichida qaror qabul qilmasa, Qonunchilik palatasi tomonidan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilishi nazarda tutilmoqda.

Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlari ham kuchaytirilib, parlament nazoratining muhim shakli bo‘lgan parlament tekshiruvi instituti Konstitutsiyada alohida mustahkamlab qo‘yilmoqda. 

Shuningdek, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yillik milliy ma’ruzani eshitish, davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilash, parlament tekshiruvini amalga oshirish kabi muhim vakolatlar palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiritilmoqda.

“Bu esa ikkala palataning mazkur yo‘nalishdagi samarali hamkorligini ta’minlagan holda, korrupsiya illatiga qarshi kurashish borasida ijobiy o‘zgarishlar uchun mustahkam zamin yaratadi, deb hisoblaymiz”, deydi deputat Shirinov.

Uning ma’lum qilishicha, mmaldagi chaqiriqdagi Oliy Majlis o‘z faoliyatini yangilanayotgan Konstitutsiyada belgilangan vakolatlarga muvofiq, ushbu Konstitutsiya kuchga kirgan paytdan e’tiboran amalga oshirishi belgilanmoqda. 

Senat a’zolarining sonini belgilovchi yangi normalar esa, 2024 yilda navbatdagi chaqiriqdagi Senat shakllantirilishi paytidan e’tiboran amalga kiritilishi nazarda tutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing