O‘zbekistonda “schyotchik”larsiz yerosti suvlaridan foydalanish taqiqlanadi
Jamiyat
−
02 Sentabr 2023
205082024 yil 1 yanvardan hisoblagichlarsiz yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi boshqarma boshlig‘i Nurbek Po‘latov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, respublikaning 7 ta viloyati 21 ta tumanida yerosti suvlari sathining 5 metr va undan ortiq pasayib ketish holatlari qayd etilib, mazkur hududlarda suvga quduq burg‘ilash va ulardan foydalanish bo‘yicha moratoriy joriy etilgan.
Moratoriy joriy etilgan hududlar yerosti suvlari holatidan kelib chiqib, har yili yangilab boriladi hamda vazirlikning veb-sayti va boshqa ochiq manbalarda e’lon qilinadi.
Yerosti suvlari sathining o‘rtacha ko‘p yillik sathga nisbatan 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda yerosti suvlaridan faqat ichimlik maqsadida foydalanish mumkin.
Bunda, yerlarni sug‘orish va ishlab chiqarish maqsadlariga gidrogeologik xulosa berish, yerosti suvlariga quduqlarni burg‘ilash hamda mavjud quduqlardan yerlarni suv tejovchi texnologiyalarsiz sug‘orish taqiqlanadi.
LiveBarchasi