O‘zbekistonda sanoat sohasida ishlovchilar qancha maosh oladi?
Jamiyat
−
07 noyabr
5467O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi hududlar kesimida sanoatda ish haqi darajasi haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, sentyabr oyida sanoat sohasida rasmiy ravishda 772,4 ming kishi band bo‘lgan. Shulardan 336 ming kishi 3-10 mln so‘mgacha ish haqi olgan, 287,8 ming kishi sentyabr oyida 1 050 000 so‘mdan 3 mln so‘mgacha olgan.
Qolaversa, 425 kishi oyiga 100 mln so‘mdan ortiq daromad olgan.
Deyarli 7 ming ishchiga 262 500 so‘mgacha (MHTEKMning 25 foizidan kam) ish haqi hisoblangan.
Bitta xodimga o‘rtacha ish haqi — 5 mln so‘m etib belgilangan.
Hududlarda qancha hisoblandi?
Respublika bo‘yicha eng yuqori ish haqi Navoiy viloyatida - o‘rtacha 8,9 mln so‘m.
- Toshkentda — 5,8 mln so‘m;
- Toshkent viloyatida — 5,1 mln so‘m;
- Andijon viloyatida — 4,6 mln so‘m;
- Qoraqalpog‘istonda — 4,5 mln so‘m.
Ish haqining eng past darajasi Sirdaryo, Xorazm va Namangan viloyatlarida qayd etilib, sohada o‘rtacha ish haqi 2,3 million so‘mdan 2,7 million so‘mgacha baholangan.
Ma’lumot uchun, respublika bo‘yicha sanoat xodimlari o‘rtacha 5 million so‘m maosh oladi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr