O‘zbekistonda sanoat mahsulotlari hajmi 345 trillion so‘mga yetdi – Mirziyoyev
Jamiyat
−
08 Sentabr 2023 2615 1 daqiqa
O‘zbekistonda sanoat mahsulotlari hajmi so‘ngi yetti oyda 5,7 foizga o‘sib, 345 trillion so‘mga yetdi. Bu haqda ayni damda bo‘lib o‘tayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi sanoat korxonalari barqaror ishlashi uchun tarmoq va hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Aytilishicha, bu ko‘rsatkich elektrotexnika sanoatida 46 foizni, yengil avtomobillar ishlab chiqarishda 16 foiz, qurilish materiallarida 12 foiz, tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishda 11 foizni tashkil qilib, yuqori sur’atlarda o‘sgan.
Shuningdek, misni qayta ishlash 30 foizga va yuqori qo‘shilgan qiymatli maishiy texnikalar hajmi 36 foizga oshishi hisobiga jami 12,5 trillion so‘mlik elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarilgani ularning eksporti 25 foizga ko‘payib, 550 million dollardan oshgani ta’kidlangan.
Bundan tashqari, 25 ta tuman va shaharda sanoat hajmi 10 foizdan ko‘paygani ma’lum bo‘ldi.
Urg‘ulanishicha, Bo‘zatov, Kegeyli, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Andijon, Olot, Shofirkon, G‘allaorol, Kitob, Nishon, Konimex, Chortoq, Oqdaryo, Bulung‘ur, Ishtixon, Paxtachi, Oltinsoy, Bandixon, Boysun, Qiziriq, Parkent, Buvayda, Uchko‘prik tumanlari, Kattaqo‘rg‘on va Nurafshon shaharlarida sanoat yuqori sur’atda o‘sgan.
Jumladan, to‘qimachilik korxonalarini ko‘paytirish orqali, sanoat ko‘rsatkichini Bandixon 45 foizga, Qiziriq 18 foiz, Olot va Buvayda 15 foizdan, Kegeyli 14 foiz, Oqdaryo va Boysun 13 foizdan, Andijon tumani 10 foizga oshirgan.
Live
Barchasi“Open budget” boshlandi
09:37