O‘zbekistonda sanksiya ostidagi Rossiya banklari bilan ishlamaslik so‘ralmoqda

Olam

image

O‘zbekistonda korxonalarga G‘arb sanksiyalari ostida qolgan Rossiya banklari bilan ishlamaslik tavsiya qilinmoqda. Bu haqda respublika Markaziy bankiga tayanib, TASS xabar berdi

“Markaziy bank va boshqa banklarga xorijiy hamkorlar bilan ishlashda ularga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi yoki qo‘llanilmasligini aniqlash, har qanday eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishdan oldin korxonalarni xabardor qilish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi yuklatildi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, Markaziy bank mablag‘lar bloklanishining oldini olish uchun barcha mijozlarni xorijiy hamkorlar bilan xalqaro hisob-kitoblarni boshqa banklarga o‘tkazishga undagan.

Shuningdek, O‘zbekistonning “Ipak yo‘li” banki AQSH va Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan Sberbank, Novikombank, Promsvyazbank, VEB.RF, Tinkoff bank va boshqa kredit tashkilotlari bilan operatsiyalarni faqat rublda amalga oshirayotganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing