O‘zbekistonda Prezident saylovi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
08 may 2023 32628 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 2023 yil 9 iyul kuniga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 110 va 128-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 66-moddasiga asosan, 2023 yil 9 iyul kuniga muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tayinlansin. Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga yuborilsin”, deyiladi farmonda.
Live
Barchasi