O‘zbekistonda poyezdlar tezligi qanchaga oshirilishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarning tezligi sezilarli darajada oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashkilotning ma’lum qilishicha, Jahon banki vakillari “O‘zbekiston temir yo‘llari” uchun zarur bo‘lgan ishlar ko‘lamini aniqlashga va tegishli taqdimot tayyorlashga yordam beradi. 

“Jahon banki vakillari ham O‘zbekistonda temir yo‘l sohasini rivojlantirishda ishtirok etmoqchi. Bu loyihani moliyalashtirish bilan bevosita bog‘liq”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, poyezdlar tezligi 300 km/soatgacha oshiriladi. Hozirda “Afrosiyob” tezyurar poyezdlari 255 km/soat tezlikda harakatlanmoqda.

Ushbu maqsadga erishish uchun 4 ta usul – yo‘lovchi tashishni baholash, temir yo‘l infratuzilmasi sifatini yaxshilash va mavjud liniyalarni kengaytirish, temir yo‘l tarmog‘ini kengaytirish hamda dastlabki texnik-iqtisodiy baholash taklif qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 oktyabridan boshlab O‘zbekistonda mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlarining chipta narxlari oshadi.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Afrosiyob

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing