O‘zbekistonda oshxonalarning yetkazib berish xizmatiga qo‘shimcha cheklov joriy qilindi
Jamiyat
−
19 iyul 2021 9057 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qarori bilan umumiy ovqatlanish ob’ektlarining faoliyatiga qo‘shimcha cheklov joriy qilindi.
SSV xabariga ko‘ra, endilikda umumiy ovqatlanish ob’ektlari – restoran va oshxonada tayyorlangan taomlarni yetkazib berish xizmati (keytering) bilan faqat soat 8:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtlarda shug‘ullanishlariga ruxsat beriladi.
Avvalroq, to‘yxonalar faoliyatiga o‘rnatilayotgan cheklov joriy yilning 1 avgustidan emas, ertaroq kuchga kirishi haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi