O‘zbekistonda oltin qazib olish qariyb 120 tonnaga yetdi

Jamiyat

image

Mustaqillikning dastlabki yigirma besh yilida oltin qazib olish hajmi 63 tonnadan 87 tonnaga yoki 24 tonnaga oshgan bo‘lsa, so‘nggi to‘qqiz yilda bu yana 31 tonnaga ko‘payib, o‘tgan yili 118,4 tonnaga yetkazildi. Bu haqda bugun, 16 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasini ishga tushirish marosimida aytildi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda tog‘-kon sanoati tubdan isloh qilingan. Ilgari qimmatbaho va rangli metallarni qazib olish bilan 2 ta kombinat shug‘ullanar edi.

Konlarni investorlarga berish bo‘yicha shaffof tizim yaratilgani hisobiga to‘qqiz yilda 10 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritilgan. Bugun sohada 65 ta xususiy korxona faoliyat yuritmoqda.

Mustaqillikning dastlabki yigirma besh yilida oltin qazib olish hajmi 63 tonnadan 87 tonnaga yoki 24 tonnaga oshgan bo‘lsa, so‘nggi to‘qqiz yilda bu yana 31 tonnaga ko‘payib, o‘tgan yili 118,4 tonnaga yetkazilgan.

Xuddi shunday 2016 yildan buyon kumush ishlab chiqarish 1,6 barobar, uran 2,1 barobar, mis 1,4 barobarga oshirilishiga erishilgan. Natijada sohada ishlab chiqarish 1,7 barobar o‘sib, o‘tgan yil 270 trillion so‘mga yetgan.

Shuningdek, yuqori daromadli eng ko‘p ish o‘rinlari ham aynan shu sohadagi korxonalarda ekani ta’kidlangan. Qayd etilishicha, bugun ekskavator mashinisti 30 million so‘mgacha, burg‘ilash mutaxassislari va katta samosval haydovchilari 40 million so‘mgacha, geolog va marksheyderlar 70 million so‘mgacha maosh olmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Olmaliq kon-metallurgiya kombinati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing