Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

O‘zbekistonda Olimpiya qo‘mitasining hududiy bo‘limlari tashkil etiladi

Sport

image

2028 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektorda Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish, seleksiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Los-Anjelesdagi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Olimpiya qo‘mitasining hududiy bo‘limlarini tashkil etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. 

Milliy Olimpiya qo‘mitasiga Prezident rahbar bo‘lganidek, hududiy bo‘limlarga viloyat hokimlari boshchilik qiladi.

Hokimlar har bir federatsiya bilan ishlab, Olimpiya sikli uchun maxsus strategiyasini ishlab chiqadi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi huzurida himoya qiladi.

Barcha sport federatsiyalari rahbarlari va viloyat hokimlari amalga oshirayotgan ishlari va erishgan natijalari haqida har oyda Olimpiya qo‘mitasida hisobot beradi.

Sportchilarni kelgusi Olimpiadaga tayyorlash uchun zarur sharoit va infratuzilmaga 300 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

Bu yilning o‘zida kamida 10 nafardan sportchi va murabbiylarni eng nufuzli xorijiy sport akademiyalarida o‘qitish muhimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ushbu yig‘ilishda sport sohasida mavjud salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani bo‘yicha hokimlarning ham bu boradagi mas’uliyati umuman sezilmayotgani qayd etilgandi


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Paralimpiya Olimpiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing