O‘zbekistonda og‘ir kasalga chalingan bolalarni davolashga yo‘naltirilgan yig‘imlar joriy qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Respublikada onkogematologik va boshqa o‘tkir kasalliklarning profilaktikasi, tashxis qo‘yilishi va davolashning moliyalashtirilishini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qarorda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga binoan, iste’molchilar hayoti, sog‘lig‘i uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) natijasida yetkazilgan zararning to‘liq qoplanishini talab qilish huquqiga ega ekanligi, shuningdek ushbu Qonunning 20-moddasiga binoan iste’molchining hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi, shuningdek ko‘ngilli guruhlarning davlat muassasasi shaklida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Onkogematologik va boshqa o‘tkir kasalliklarga chalingan kasallarni moliyalashtirish uchun maxsus jamg‘arma tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

•    onkogematologik va o‘tkir kasalliklarning boshqa turlariga chalingan bolalar va yoshlarni davolash va reabilitatsiya qilish uchun mablag‘ to‘plash;
•    saraton va gematologik klinikalarga yordam berish;
•    kasal bolalarning muammolariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish;
•    beg‘araz qon topshirishni rivojlantirishga ko‘maklashish;
•    kasal bolalarga ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish;
•    bolalar saraton hamda gematologik klinika va markazlar qoshidagi ko‘ngilli guruhlar ishiga ko‘maklashish.
•    Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilangan:
•    alkogolli mahsulotlar, tarkibida shakar miqdori yuqori bo‘lgan alkogolsiz salqin ichimliklar, alkogolsiz yoki kam alkogolli energetik ichimliklarni olib kirish va sotish uchun solinadigan yig‘imlardan kelib tushadigan mablag‘lar;
•    tayyor tamaki mahsulotlarni (sigaretalar), chilim, elektron sigaretalar uchun tamakilarni, tamaki o‘rnini bosuvchilarni olib kirish va ishlab chiqarish (sotish) uchun solinadigan yig‘imlardan kelib tushadigan mablag‘lar;
•    oziq-ovqat mahsulotlarni tarkibida yog‘lar, tuz va qand miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish va ishlab chiqarish (sotish) uchun solinadigan yig‘imlardan kelib tushadigan mablag‘lar;
•    tungi klublar sifatida (restoranlar, kafe, pablar, barlar) faoliyat yuritayotgan korxonalarning tushumidan ajratmalar;
•    jismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub’ektlarining respublikada ishlab chiqarilgan (shu jumladan, katta blokli yig‘ish usulida) va importdan olib kirilgan transport vositalarining 20 ming AQSH dollari va undan ortiq qiymatidan kelib tushadigan yig‘imlar;
•    jismoniy shaxslar tomonidan turar-joy binolarining umumiy maydoni 200 kv.m.dan yuqori bo‘lgan ko‘p qavatli uylar va 500 kv.m.dan yuqori bo‘lgan yakka tartibdagi uylarni sotib olish jarayonidagi yig‘imlar;
•    xalqaro institutlar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning pul va (yoki) boshqa mol-mulk shaklidagi grant mablag‘lari va homiylik xayriyalari;
•    xayriya xayr-ehsonlarni yig‘ish uchun o‘tkazilgan xayriya, madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘z ichiga olgan xayriya tashkilotlari va ko‘ngillilarni jalb qilish kampaniyalaridan kelib tushadigan tushgan mablag‘lar;
•    Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
•    qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
•    O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “O‘zstandart” agentligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda yig‘im solinadigan tovarlar nomenklaturasini tasdiqlaydi.
•    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Onkogematologik va boshqa o‘tkir kasalliklarga chalingan kasallarni moliyalashtirish uchun maxsus jamg‘armaga ajratmalar miqdori tasdiqlanadi.
•    Belgilanishicha, Jamg‘armaga ajratmalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining soliq solinadigan bazasiga kiritilmaydi va QQSsiz tovarlarning yakuniy qiymatidan hisoblab chiqiladi.
•    Jamg‘armaga ajratmalar miqdori quyidagi hollarda majburiy tartibda: tungi klublar tomonidan iste’molchiga taqdim etiladigan hisob-kitob hujjatida (chek, kvitansiya va boshqalar);
•    ko‘rsatilgan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan xaridorlar bilan tuziladigan shartnomalarda (hisobvaraq-fakturalar) ko‘rsatiladi.
•    Belgilanishicha, Jamg‘arma mablag‘lari faqatgina quyidagilar uchun:
•    onkogematologik va boshqa o‘tkir kasalliklarga chalingan kasallarni (birinchi navbatda, to‘lovga layoqatsiz oilalardagi bolalar) tashxis qilish, reabilitatsiya qilish, davolash, operatsiyalari xarajatlari, shu jumladan chet el davlatlarida transport va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda moliyalashtirish;
•    saraton va gematologik davlat klinikalari tomonidan tibbiy asbob-uskunalar, dori-darmonlar, reaktivlar, xarajat materiallari va boshqa vositalarni sotib olish xarajatlarini beg‘araz moliyalashtirish;
•    kasalliklar profilaktikasi va aholi salomatligini saqlash sohasidagi faoliyatga, shuningdek sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ko‘maklashish;
•    fuqarolarga ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatish;
onkogematologik va boshqa o‘tkir kasalliklarni tashxis qilish, davolash, reabilitatsiya qilish bilan bog‘liq boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekistonda og'ir kasalga

Baholaganlar

10

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing