O‘zbekistonda odam savdosining haqiqiy ahvoli qanday?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2019 yilda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar soni 22 foizga kamaygan. Bu haqda Oliy Majlis Senatida Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy komissiya raisi Tanzila Norboyeva raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘z borgan. 

Qayd etilishicha, majburiy mehnatga yo‘l quygan 259 nafar hamda ish haqlarini o‘z vaqtida bermagan va mehnat sharoitlari yaratmagan 56 nafar mansabdor shaxsga qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

Yig‘ilishda odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish, ularni reabilitatsiya qilish hamda xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining manfaatini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, 2019 yilda 220 nafar odam savdosi jabrdiydalariga Respublika reabilitatsiya markazida tibbiy, psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatilib, ularning 113 nafari ishga joylashtirilgan. 3 ming 938 nafar fuqaro chet elda ish bilan ta’minlanib, ish haqini vaqtida ololmagan mehnat migrantlarining 530 ming AQSH dollariga yaqin ish haqlari undirib berilgan.

2019 yilda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar 2018 yilga nisbatan kamaygan bo‘lsa-da, bu yo‘nalishda sodir etilgan umumiy jinoyatlar orasida chaqaloq savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar yuqoriligicha qolayotgani ham muhokama markazida bo‘ldi. Xususan, 2018 yilda sodir etilgan odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning 38 foizini chaqaloq savdosi tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 43 foizga yetgan.

Shu bilan birga, odam savdosi bilan bog‘liq murojaatlar hal etilishining qonuniyligi hamda ushbu turdagi jinoyatlarning aniqlanishi va sudlarda ko‘rilishi, jazo muqarrarligi tamoyili ta’minlanishi mexanizmi samarali yo‘lga qo‘yilmagani to‘g‘risida so‘z yuritildi. 2019 yilda odam savdosi jinoyati bilan bog‘liq kelib tushgan 710 ta murojaatdan bor yo‘g‘i 94 tasi, ya’ni 13 foizi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing