O‘zbekistonda norasmiy bandlik qisqartiriladi
Jamiyat
−
17:52 1896 1 daqiqa
O‘zbekistonda norasmiy bandlik qisqartiriladi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 5 fevral kuni qabul qilingan “2026 yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.
Qarorga ko‘ra, hokim yordamchisi xatlovi asosida aniqlangan norasmiy bandlik holatlari bo‘yicha ularni bartaraf etish yuzasidan “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKda ish beruvchilarning shaxsiy kabinetlariga Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ogohlantirish xati yuboriladi.
Ish beruvchilar tomonidan aniqlangan qonunbuzilish holati 3 ish kuni ichida ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan taqdirda, ushbu holat tegishli korxonalar va tashkilotlarda Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tekshirish o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
Norasmiy bandlik holati aniqlangan kundan boshlab 1 oy muddat ichida ish beruvchilar xodimlar bilan mehnat shartnomasini rasmiylashtirib, hisoblangan oylik ish haqlarini to‘liq to‘lab bergan taqdirda, ular ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.
2026 yil 1 martdan tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlashda quyidagi qonunbuzilish holatlari ballarni kamaytiruvchi qo‘shimcha mezon sifatida belgilanadi:
- tasdiqlangan norasmiy bandlik holatlari;
- xodimlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan past oylik ish haqlarining hisoblanishi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur qonun bilan O‘zbekistonda usta dehqonlarga 75 mln so‘mgacha subsidiya ajratilishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi