O‘zbekistonda necha kishi karantin qoidalarini buzdi? So‘z IIVga

Jamiyat

image

Bugun, 27 mart holatiga ko‘ra, Respublika bo‘yicha karantin qoidalariga rioya qilmaslik bilan bog‘liq jami 3649 ta huquqbuzarlik aniqlangan. Bu haqda IIV Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilmoqda.

Karantin qoidalariga amal qilmaslik bo‘yicha huquqbuzarlarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 462, 53, 54-moddalariga asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Karantinga rioya qilmay, qonun buzganlar viloyatlar kesimi bo‘yicha quyidagicha:

•    538 tasi Samarqand viloyati, 

•    506 tasi Farg‘ona viloyati, 

•    476 tasi Toshkent shahri, 

•    415 tasi Jizzax viloyati, 

•    316 tasi Andijon viloyati, 

•    281 tasi Namangan viloyati, 

•    276 tasi Buxoro viloyati, 

•    259 tasi Toshkent viloyati, 

•    221 tasi Surxondaryo viloyati, 

•    141 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 

•    104 tasi Navoiy viloyati, 

•    53 tasi Sirdaryo viloyati,  

•    52 tasi Xorazm viloyati, 

•    11 tasi Qashqadaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda. 

Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning yoshi tahlil qilinganda, ularning 

•    55 nafari 18 yoshgacha, 

•    1577 nafari 18-30 yosh, 

•    1381 nafari 31-50 yosh hamda 

•    636 nafari 50 va undan yuqori yoshdagi fuqarolar tashkil qilganligi aniqlangan.

Mazkur huquqbuzarliklarning 3401 tasi tibbiy niqob taqmasdan yurish bilan, 117 tasi karantin hududini tashlab ketish bilan, 102 tasi sanitariya va epidemiya qoidalariga zid ravishda savdo faoliyatini davom ettirish bilan, 18 tasi marosim yoki yig‘in o‘tkazish bilan, 1 tasi ijtimoiy tarmoqlarda vahima chaqiruvchi yoki asossiz ma’lumotlar tarqatish hamda 10 tasi boshqa sabab bilan bog‘liq huquqbuzarliklar hisoblanadi.  

“Ayrim fuqarolar tomonidan sanitariyaga oid qonun hujjatlari yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalari buzilganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2571-moddasi bilan 3 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan (Samarqand viloyati – 2 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 ta) bo‘lib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi rasmiy ma’lumotda.      

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda bemorlar 83 nafarni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalingan bir bemor miokard infarktidan vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronovirus

Baholaganlar

109

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar