O‘zbekistonda NATO mashg‘ulotlari ochildi

Jamiyat

image

Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti – NATO mutaxassislari O‘zbekiston Mudofaa vazirligining Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi kursantlari uchun treninglar o‘tkazmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, NATO mutaxassislaridan iborat respublika delegatsiyasi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyatini, jumladan, o‘quv jihozlari va o‘quv xonalarida yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirgan. 

“Shundan so‘ng markazda tahsil olayotgan kursantlar uchun NATOga a’zo mamlakatlarda serjantlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha qator mavzularda treninglar tashkil etildi va bu boradagi qo‘shma mashg‘ulotlar 20 aprelga qadar davom etadi”, deyiladi xabarda deydi. 

Matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, markazda mehmonlar bilan tanishuv suhbati va mas’ul shaxslar ishtirokida brifing bo‘lib o‘tgan. Unda markaz shaxsiy tarkibi va kursantlarga NATO harbiy hamkorligi to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar berilgan. Shundan so‘ng Markazda tahsil olayotgan kursantlar uchun NATOga a’zo davlatlarda serjantlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bir qator mavzularda mashg‘ulotlar tashkil etilgan hamda mavzu bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashilgan.

Ma’lumot  uchun, 1994 yil 13 iyulda O‘zbekiston “Tinchlik yo‘lida sheriklik” dasturining doiraviy hujjatini imzoladi va uning asosida alyans bilan bir qancha yo‘nalishlarda, jumladan, harbiy kadrlar tayyorlash, terrorizm,ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi va boshqa xalqaro tahdidlarga qarshi kurashish sohasida amaliy hamkorlikni rivojlantira boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Mudofaa vazirligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing