O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi yangicha tizimni joriy etish boshlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 114-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabar berdi.

Qaror ilovasi bilan “Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning ishlash tartibi to‘g‘risida” Nizom, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish bo‘yicha “yo‘l xarita” tasdiqlandi.

Yuqoridagi Nizom quyidagilar uchun tadbiq etiladi:

•    2021 yil 1 yanvardan – tajriba tariqasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda Prezidentning 2020 yil 6 iyuldagi PF-6019-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan davlat ishtirokidagi korxonalar;

•    2022 yil 1 yanvardan – tabiiy monopoliya sub’ektlari, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, shuningdek oxirgi 3 yilda tovar sotishdan olingan jami tushumning o‘rtacha yillik miqdori 30 milliard so‘mdan oshadigan korporativ buyurtmachilarda.

Shuningdek, monopoliyaga qarshi komplayens tizimini tashkil etish va uning ishlash samaradorligini baholash:

•    davlat boshqaruvi organlarida – rahbar;

•    mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida – hokim;

•    xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda – ijro etuvchi organ yoki kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

Kutilayotgan natija:

•    Raqobat qonunchiligi talablari buzilishi havfini oldini olish, haqiqiy biznes yuritishning korporativ standartlarini joriy etishga oid samarali tizim tashkil etilishi;

•    Bozor sub’ektining ishbilarmonlik obro‘si va raqobatga putur etkazadigan harakatlar (harakatsizliklar) ning oldini olish mexanizmlari asosida raqobatni himoya qilishning yangi modeli shakllanishi;

•    Raqobat qonunchiligi talablari buzilishi xavflarini oldini olish va qonunchilik buzilishi holatlarini bartaraf etish hamda keyingi davr mobaynida ularga yo‘l qo‘ymaslik;

•    Raqobat qonunchiligiga zid harakatlar (harakatsizliklar) sonini qisqarishi.


Maqola muallifi

Teglar

monopoliya

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing