O‘zbekistonda mehmonxona yig‘imi joriy qilinadi

Jamiyat

image
Bayramlarda kamida 3 kun qo‘shimcha dam olish kuni berish taklif qilindi north_east

Bayramlarda kamida 3 kun qo‘shimcha dam olish kuni berish taklif qilindi

2021 yil 1 martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan joylashtirish vositasida, ular yashagan har bir kun uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 foizi miqdorida turistik (mehmonxona) yig‘imi joriy qilinadi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasida belgilangan.

Bunda, turistik (mehmonxona) yig‘imi ichki turizmni targ‘ib qilish va rag‘batlantirish, turizm mavsumi past bo‘lgan davrda joylashtirish vositalarining bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi;

Shuningdek, quyidagicha tartib o‘rnatiladi:

•    ota-onalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi besh ish kunidan kam bo‘lmagan "oilaviy ziyorat ta’tili" tizimi joriy qilinadi. Bunda, “oilaviy ziyorat ta’tili” yillik asosiy ta’til hisobidan taqdim etiladi va jamoaviy shartnomalarga muvofiq ish beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi;

•    mehnat jamoalari orasida mamlakat bo‘ylab sayohat qilishlarini rag‘batlantirish maqsadida “Sayohat yetakchisi” tizimi joriy qilinadi. Bunda, turizm mavsumi past bo‘lgan davrda o‘z mehnat jamoalariga sayohatlar tashkil qilgan eng faol 1 000 nafar “Sayohat yetakchisi”ga yil yakuni bilan O‘zbekiston bo‘ylab turli mavzudagi sayohatlar bepul asosda taqdim etiladi;

•    mamlakat bo‘ylab sayohatlarni rag‘batlantirishga qaratilgan, shu jumladan bonuslar yig‘ib boriladigan, tavsiya etiladigan turizm namoyishi ob’ektlari to‘g‘risida ma’lumotlar aks etgan hamda sayohatlarni qayd etadigan tizimni nazarda tutuvchi “Turist pasporti” joriy etiladi va uning doirasida eng faol sayyohlar mukofotlanib boriladi;

•    respublikaning turizm namoyishi ob’ektlarini keng targ‘ib qilish, fuqarolarni boy tabiiy, madaniy va tarixiy meros, ziyoratgohlar bilan tanishtirish hamda ichki turizmni targ‘ib qilishga qaratilgan (tijorat maqsadlarni ko‘zlamagan) axborot ma’naviy-ma’rifiy masalalarga doir axborotga tenglashtiriladi;

•    davlat organlarining ijtimoiy reklama mahsulotlari Qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan ziyorat turizm ob’ektlari aks ettirilgan dizayn tasviri asosida tayyorlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

yig'im

Baholaganlar

99

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing