O‘zbekistonda mart oyida qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

Bu qiziq

image

Mart oyining birinchi o‘n kunligida havo harorati kunduz kunlari 17-22 daraja iliq bo‘ladi. Ayrim kunlarda harorat 24-27 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 29 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi xabar berdi.

Joriy yilning 5-6 mart kunlari va o‘n kunlik oxirida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Yomg‘ir paytida kunduzgi havo harorati biroz pasayadi, shunga qaramay, mart oyining birinchi o‘n kunligi me’yorga nisbatan iliqroq bo‘ladi.

Mart oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari 7-12 daraja iliqdan 0-5 darajagacha iliq (ba’zi joylarda 2 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin), kunduz kunlari 10-15  daraja iliqdan 20-25 darajagacha iliq bo‘lib, o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Mart oyining o‘rtalarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing