O‘zbekistonda mahalliy tovarlar sertifikati xarajatlari qoplab beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqarilgan tovar sertifikati xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu haqda hukumatning 2025 yil 29 dekabrda qabul qilingan 835-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda so‘z boradi.

Mazkur nizom mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ichki bozorda milliy mahsulotlar ulushini oshirish hamda tadbirkorlar xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan.

Nizomga muvofiq, Prezidentning 2025 yil 27 mayda qabul qilingan “Mebel va yog‘ochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida “O‘zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati vakolatli organ sifatida mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlarining mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganini aniqlash bo‘yicha ekspertizani to‘lov undirmasdan amalga oshiradi.

Ekspertiza natijalariga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatlarni olish bilan bog‘liq xarajatlar esa tadbirkorlar uchun qo‘shimcha moliyaviy yuk bo‘lmasligi maqsadida kompensatsiya qilinadi.

Xususan, “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar sertifikat yoki ekspert xulosasining amal qilish muddati davomida bir marta qoplab beriladi.

Kompensatsiya olish tartibiga ko‘ra, vakolatli organ har hafta yakuni bilan tegishli ma’lumotlar kiritilgan reyestrni kompaniyaga taqdim etadi. Mazkur reyestr elektron tarzda subsidiya.epauzb.uz platformasi orqali yuboriladi.

Vakolatli organning kompensatsiya olish bo‘yicha murojaati kompaniya tomonidan murojaat kelib tushgan sanadan boshlab 7 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi va xarajatlarni qoplab berish yuzasidan qaror qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ekspertiza sertifikati mahalliy ishlab chiqarilgan Mebel' yog'ochsozlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar