O‘zbekistonda kuz faslida qanday ob-havo bo‘lishi prognoz qilindi

Jamiyat

image

Gidrometeorologiya xizmati kirib kelayotgan sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kuzatilishini prognoz qildi.

Sentyabr

Kuzning dastlabki 30 kunligida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik havo harorati respublika bo‘yicha me’yorida bo‘lib, ba’zi joylarda 1−1,5 daraja yuqori bo‘ladi va 18-25 darajani tashkil etadi.

куз, ob-ҳав, ўзгидромет

O‘rtacha oylik harorat anomaliyasi va uning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlari prognozi

Oyning birinchi yarmida harorat asosan kechalari 13-18 daraja, kunduzi 33-38 darajaga isiydi. Ikkinchi yarmida harorat kechalari 13-18 darajadan 8-13 darajagacha, kunduz kunlari 30-35 darajadan 23-28 darajagacha tushadi.

куз, ob-ҳав, ўзгидромет

Oylik yog‘ingarchilik miqdori anomaliyasi va oy uchun yog‘ingarchilik me’yori prognozi

Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yoridan kam, ba’zi joylarda normal bo‘lishi kutilmoqda (me’yor 3-8 mm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 0,02 mm, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 9-28 mm gacha).

Oktyabr

Ushbu oyda o‘rtacha oylik havo harorati respublika bo‘yicha me’yorida bo‘lib, 10-12 darajani, janubda 16-18 daraja iliq havo haroratini tashkil etadi.

куз, ob-ҳав, ўзгидромет

O‘rtacha oylik harorat anomaliyasi va uning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlari prognozi

Oy davomida harorat kechalari 10-15 daraja iliqdan 3-8 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi, oy oxirida 0/-2 darajagacha sovishi mumkin. Kunduzi 23-28 daraja iliqdan, 13-18 darajagacha o‘zgarib turadi. Shimolda, oy davomida havo harorati kechalari 8-13 daraja iliqdan, 1-6 daraja haroratgacha o‘zgarib turadi, 0/-3 daraja sovuq harorat ham kuzatilishi mumkin. Kunduz kunlari 12-17 daraja iliqdan, 20-25 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

куз, ob-ҳав, ўзгидромет

Oylik yog‘ingarchilik miqdori anomaliyasi va oy uchun yog‘ingarchilik me’yori prognozi

Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yoridan ko‘p, shimolda va janubda ba’zi joylarda me’yoridan kam (me’yor 12-26 mm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 3-11 mm, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 27-70 mm gacha) bo‘ladi.

Noyabr

Mazkur oyda o‘rtacha oylik havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lib, 2-8 daraja iliqni, janubda 10 darajagacha iliqni tashkil etadi.

куз, ob-ҳав, ўзгидромет

O‘rtacha oylik harorat anomaliyasi va uning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlari prognozi

Mamlakat hududining katta qismida yog‘ingarchilik me’yoriy bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Faqat respublikaning janubi-g‘arbida biroz ehtimollik bilan yog‘ingarchilik taqchilligi bo‘lishi kutilmoqda.

куз, ob-ҳав, ўзгидромет

Oylik yog‘ingarchilik miqdori anomaliyasi va oy uchun yog‘ingarchilik

Bu oyda yog‘ingarchilik me’yori 37-48 mm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida 8-36 mm, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 65-113 mm gacha bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo prognoz kuz fasli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing