O‘zbekistonda kutubxonachilar kuni o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Bugun, 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zolari“O‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdi. 

Qonunning maqsadi va vazifasi axborot-kutubxona tizimi xodimlarini rag‘batlantirish, ushbu kasb nufuzini oshirish, kutubxonachilik ishiga yosh taraqqiyparvar kadrlarni jalb qilishdan iborat. Bu axborot-kutubxona muassasalarini ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish asosida rivojlantirishga va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga ko‘maklashadi. 

Qayd etilishicha, ushbu Qonun qabul qilinishi axborot-kutubxona sohasi rivojiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishga, mazkur soha muassasalarini aholi, shu jumladan yoshlar orasida keng ommalashtirishga, yuqori malakali kadrlar sonini oshirishga xizmat qiladi. 21 may O‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona tizimi xodimlari kuni sifatida belgilanadi.

Senatorlar tomonidan Qonun ma’qullandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekistonda kutubxonachilar kuni

Baholaganlar

25

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar