O‘zbekistonda kunlik 5600 so‘m daromadga ega shaxs kambag‘al hisoblanmaydi (mi?)

Jamiyat

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov kunlik 5600 so‘m daromadga ega shaxs kambag‘al hisoblanmasligi haqidagi fikriga oydinlik kiritdi.

"Kambag‘allikni o‘lchash deganda kambag‘illikni tarifiga qarab o‘lchovi ham o‘zgaradi. Qanday tarif bo‘lsa o‘lchovi o‘zgaradi. Aytaylik kambag‘allik 5 foiz bo‘ladigan  bo‘lsa, boshqa tarifga nisbatan kambag‘allik 10 foiz bo‘lishi mumkin. Bu qaysidir mamlakatning iqtisodiy holatidan, ijtimoiy-iqtisodiy odatidan kelib chiqib har xil o‘lchovlar bo‘ladi”, dedi u.

Obid Hakimovning ma’lum qilishicha, kambag‘allik o‘lchovi ikki turga bo‘linadi. Birinchisi global kambag‘allik o‘lchovlari, ikkinchisi milliy kambag‘allik o‘lchovlari.

“Global kambag‘allik o‘lchovlarini o‘z mandatiga ko‘ra Jahon banki belgilaydi. Jahon banki past-o‘rta daromadli mamlakatlar daromadi o‘sishidan kelib chiqqan holda global kambag‘allik chegarasini 3,2 AQSH dollari miqdorida belgilagan. Agar mamlakat yuqori-o‘rta daromadli mamlakatlar qatoriga kiradigan bo‘lsa, bu mamlakatlar uchun 5,5 AQSH dollarida kambag‘allik chegarasi belgilangan", dedi Obid Hakimov.

Uning ta’kidlashicha, maqsad milliy kambag‘allik chegarasini ishlab chiqish.

“5600 so‘m kambag‘allikni o‘lchash bo‘yicha bitta o‘lchov sifatida aytildi. Bu o‘rta past daromadli mamlakatlarning holatidan kelib chiqqan ko‘rsatkich edi”, dedi u.


Maqola muallifi

Teglar

kambag'allik Obid Hakimov

Baholaganlar

597

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing