O‘zbekistonda kundalik savollarga javob beradigan platforma ishga tushiriladi

Jamiyat

image
Penoblok va gazoblok ishlatadigan qurilish tashkilotlariga ustuvorlik beriladi north_east

Penoblok va gazoblok ishlatadigan qurilish tashkilotlariga ustuvorlik beriladi

O‘zbekistonda aholining kundalik hayotida uchraydigan savollariga sodda va qulay javob beradigan onlayn platforma ishga tushiriladi. Bu haqda kecha, 21 aprel kuni qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmonida so‘z boradi.

Farmonga ko‘ra, iqtisodiyotda korrupsiyaviy omillarning oldini olish maqsadida: 

  • davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi hamda uning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasidagi tafovutning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan chegarasidan chetga chiqqan holda xaridlarni amalga oshirgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi;
  • joriy yilning 1 iyulidan yirik investitsiya loyihalarida korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar hamda yirik auksion shartlarini raqobatbardoshlik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi joriy etiladi;
  • “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi qamrovi yanada oshirilib, bosqichma-bosqich xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi loyihalarga joriy qilinadi.

2025 yil yakunicha:

  • xalqaro tender ob’ektlari bo‘yicha subpudratchilar “Shaffof qurilish” tizimi orqali jalb qilinadi;
  • qiymati 2 mln AQSH dollarigacha bo‘lgan xalqaro moliya tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan mahalliy tenderlar “Shaffof qurilish” tizimida o‘tkaziladi;
  • xalqaro tenderlar bo‘yicha jalb qilingan chet el pudrat tashkilotlari shartnoma qiymatining kamida 60 foizini o‘z kuchi bilan bajarish tartibi joriy etiladi.

2026 yil 1 yanvargacha vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar tomonidan ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini tuman (shahar) kesimida aholining o‘zi baholaydigan tizim joriy etiladi. Bunda aholi tomonidan “qoniqarsiz” deb baholangan vazirlik, idora rahbarlari hamda tuman (shahar) hokimlari shaxsiy javobgarligi belgilanadi.

Shuningdek, sun’iy intellekt asosida aholining kundalik hayotida uchraydigan savollariga mobil telefon orqali sodda va qulay shaklda javob olish imkoniyatini beradigan onlayn platforma ishga tushiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Korruptsiyaga qarshi kurash onlayn platforma Shaffof qurilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing