O‘zbekistonda ko‘makka muhtoj oilalarning har bir a’zosiga yordam puli ajratilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 iyul kuni “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha mutasaddi idoralar tomonidan shakllantirilgan moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan va a’zolari 1,7 million nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilalarga O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Tarqatlishi belgilangan pul miqdori 380 milliard so‘mni tashkil etmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki  bir martalik moddiy yordam pullarini moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar ro‘yxatlariga kiritilgan oilalarga 2020 yil  15 avgustga qadar yetkazilishini ta’minlashga mas’ul. 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident farmoni

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing