O‘zbekistonda kuchli yer silkinishi sezildi

Jamiyat

−

image

Bugun, 26 iyun kuni O‘zbekistonning 12 ta hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 18:37 da yuz bergan. Magnitudasi 6,8, chuqurligi 224 km. Zilzila epitsentri  Toshkentdan 499 km janubiy-sharqda joylashgan Afg‘onistonning Badaxshon viloyati. Koordinatalari: 36,84 daraja shimoliy kenglik, 70,19 daraja sharqiy uzunlik.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Surxandaryo viloyatida 4-5 ball, 261 km; 
  • Farg‘ona viloyatida 4 ball, 417 km;
  • Jizzax viloyatida 4 ball, 417 km;
  • Samarqand viloyatida 4 ball, 421 km;
  • Sirdaryo viloyatida 4 ball, 424 km;
  • Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 446 km;
  • Andijon viloyatida 3-4 ball, 477 km;
  • Namangan viloyatida 3-4 ball, 479 km;
  • Toshkent viloyatida 2-3 ball, 495 km;
  • Toshkent shahrida 2-3 ball, 499 km;
  • Navoiy viloyatida 2 ball, 554 km;
  • Buxoro viloyatida 2 ball, 597 km.

Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing