O‘zbekistonda kuchli shamol va chang bo‘roni kuzatilishi mumkin
Bu qiziq
−
07 iyul 2021
31542Hafta davomida O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol va changli bo‘ron kuzatilishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 8 iyulda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 9–10 iyul kunlari Respublikaning barcha hududlariga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan deyarli salqin havo massalari kirib keladi.
Shuningdek, 7 iyulda Qoraqalpog‘iston bo‘yicha, 8–10 iyulda Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyi boshida Toshkent shahrida kuchli qum bo‘roni kuzatilgandi. Keyinchalik, unga poytaxtda jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan qurilishlar sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.
LiveBarchasi