O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasi ishlab chiqilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan bayram tabrigida so‘z boradi. 

Prezidentning qayd etishicha, taraqqiyot kushandasi bo‘lgan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim.

“So‘nggi ikki yilda noqonuniy xatti-harakati bilan davlatga 2 trillion so‘m zarar yetkazgan 1986 nafar mansabdor shaxs korrupsiyaga oid jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani bu masala naqadar dolzarb ekanini ko‘rsatadi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarimizni tizimli va kompleks davom ettirish uchun 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasi ustida ish olib bormoqdamiz”, deydi davlat rahbari.

Prezidentning urg‘ulashicha, bu masala O‘zbekiston boshqaruvi uchun o‘ta muhim va ustuvor vazifa bo‘lib qoladi. 

“Chunki korrupsiya – bu davlatimizni ich-ichidan yemirib, milliy xavfsizligimizga rahna soladigan g‘oyat xatarli tahdid va unga qarshi murosasiz kurash olib borish – barchamizning burchimizdir”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Korruptsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasi

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar