O‘zbekistonda korrupsionerlarning ochiq ro‘yxati tuziladi
Jamiyat
−
23 iyun 7773 2 daqiqa
Endilikda O‘zbekistonda Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi. Bu kecha, 22 iyun kuni tasdiqlangan yangi Qonun bilan belgilanmoqda.
Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning elektron reyestriga kiritiladi.
Ichki ishlar vazirligi korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran 3 ish kuni ichida reyestrga shaxs haqidagi ma’lumotlarni kiritadi.
Elektron reyestrda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Jinoyat kodeksida belgilangan sudlanganlik muddati davomida saqlanadi.
Elektron reyestrga kiritilgan shaxslarga nisbatan quyidagi cheklovlar belgilanadi:
• davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanish;
• saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodining ko‘rsatilishi;
• davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning a’zosi bo‘lish;
• o‘zi ta’sis etgan va ustav fondidagi ulushining 50 foizidan ko‘proq qismiga o‘zi egalik qiladigan tadbirkorlarning davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda ishtirokchi sifatida qatnashish;
• davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda va davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish.
Elektron reyestr Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda yuritiladi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust