O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Rossiyadan shifokorlar keladi

Bu qiziq

image

Rossiyadan O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun bir guruh tibbiyot xodimlari keladi. Bu haqda RF Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi.

“Biz xalqaro faoliyatimizni ham davom ettiryapmiz. Bizning mutaxassislar Qozog‘istonda o‘z vazifasini bajarib qaytdi, O‘zbekisgonga ketadigan guruh tayyorgarlik ko‘ryapti”, degan vazir.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 31 068 nafarga yetdi. Ularning  22 559 nafari sog‘aygan va rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 198 nafari vafot etgan.

Avvalroq, Murashko Rossiyada tayinlangan koronavirus vaksinasini Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarga yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqida axborot bergandi. SHHTga O‘zbekiston ham a’zo hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 12 avgust kuni Rossiyada dunyodagi ilk koronavirus vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

331

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing