O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 450 mingdan oshdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 20 aprel kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab  jami 27 828 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 458 555 nafarga yetdi. 

20 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Namangan viloyati (3864 nafar);
  • Farg‘ona viloyati (3532 nafar);
  • Samarqand viloyati (3245 nafar) band qildi. 

E’tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

  • Farg‘ona viloyatida 66 381 nafar;
  • Namangan viloyatida 47 841 nafar; 
  • Andijon viloyatida 46 639 nafar; 
  • Samarqand viloyatida 43 394 nafarni tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing