O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 430 mingdan oshdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 19 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo‘ylab  jami 27 591 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 430 727 nafarga yetdi. 

19 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Farg‘ona viloyati (4320 nafar);
  • Samarqand viloyati (3971 nafar);
  • Namangan viloyati (3313 nafar)
  • band qildi. 

E’tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

  • Farg‘ona viloyatida 62849 nafar; 
  • Andijon viloyatida 45182 nafar; 
  • Namangan viloyatida 43977 nafar;
  • Samarqand viloyatida 40149 nafarni tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing