O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 250 mingdan oshdi 

Jamiyat

image

Kecha, 13 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo‘ylab jami 40 871 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.  

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 256 958 nafarga yetdi. 

13 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni: Farg‘ona viloyati (7409 nafar), Andijon viloyati (5877 nafar), Samarqand viloyati (3826 nafar), Buxoro viloyati (3157 nafar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (3069 nafar) band qildi. 

E’tiborli jihati shuki, Andijon va Namangan viloyatlarda koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni 30 ming nafar atrofida bo‘lgani ko‘rinmoqda (Andijon 31194 nafar, Namangan 29740). 

Jami emlanganlar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich esa Farg‘ona viloyatida (43675 nafar) qayd etilgan. 

Emlash jarayonlari davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing