O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar 600 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Kecha, 27 aprel kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab jami 34 445 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 600 379 nafarga yetdi. 

27 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Farg‘ona viloyati (5357 nafar);
  • Toshkent viloyati (4235 nafar);
  • Samarqand viloyati (4138 nafar) band qildi. 

E’tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

  • Farg‘ona viloyatida 80874 nafar; 
  • Namangan viloyatida 62275 nafar; 
  • Samarqand viloyatida 60543 nafarni tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelingan edi. Shuningdek, AstraZeneca vaksinasining ham yangi patriyasini keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shundan so‘ng, mamlakatga 1 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing