O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanadigan aholi toifasi kengaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanadigan aholi toifalari kengaytirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimi Nasiba Toirova ma’lum qildi.

Dastavval, koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 65 yoshdan yuqori insonlar, tibbiyot xodimlari,  maktab o‘qituvchilari,  maktabagcha ta’lim muassasa tarbiyalovchilari hamda surunkali xastaliklar kuzatiladigan insonlar orasida olib borilayotgan edi.

Joriy yilning 31 may kunidan boshlab, bu ro‘yxatga:

•    Chet elga o‘qishga boradigan talabalar;
•    Ommaviy axborot vositalari (jurnalistlar, blogerlar); 
•    Yozuvchilar;
•    Teleradiokompaniyada xizmat qiluvchi xodimlari qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 may kuni O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlashning 3-bosqichi boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing