O‘zbekistonda koronavirusga qarshi birinchi bo‘lib kimlar emlanishi ochiqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi kimlar birinchi galda emlanishiga aniqlik kiritdi. Bu hada SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, dastlab JSSTning tavsiyasiga ko‘ra va dunyodagi boshqa davlatlar tajribasini o‘rgangan holda, Sog‘liqni saqlash vazirining joriy yil 15 fevraldagi tegishli buyrug‘iga asosan, aholi kasallikni yuqtirib olish xavfiga qarab toifalarga bo‘lingan. Demak, olib kelingan vaksinalar bilan emlash ham shu ketma-ketlikda amalga oshiriladi.

Unga muvofiq:

Yuqish xavfi juda yuqori bo‘lganlar: 65 yoshdan katta bo‘lganlar (65-74, 75-84, 85 yosh va undan yuqori), tibbiyot xodimlari, surunkali kasalliklar bilan dispanser nazoratida turuvchilar; 

Yuqori xavf ostida bo‘lganlar: Qurolli kuchlar va huquqni muxofaza qilish organlari xodimlari, jurnalistlar, blogerlar, OAV xodimlari, transport xodimlari (metro, temir yo‘l, aeroport), maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarda xizmat qilayotgan xodimlar, chet davlatlarda tahsil oluvchi talabalar, Mehnat migrantlari ketma-ketlikda emlanishi rejalashtirilmoqda. Shundan keyingina asta-sekin aholining boshqa qatlamlari ham qamrab olinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

177

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing