O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 7 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi

Salomatlik

image

Kecha, 29 iyulda O‘zbekiston bo‘ylab 213 278 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 170 003 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 145 873  nafarni, 
  • 2-bosqich emlanganlar 47 185  nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 20 220 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 7 195 709 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 4 635 592   nafarni, 
  • 2-bosqichda emlanganlar 1 834 411 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 725 706 nafarni tashkil qildi. 

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 170 003  nafarni tashkil qilmoqda.

29 iyul kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Farg‘ona viloyati (25 424 doza),
  • Andijon viloyati (25 093 doza),
  • Namangan viloyati (21 654 doza),
  • Toshkent viloyati (19 977  doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  • Farg‘ona viloyatida 932 829 doza, 
  • Namangan viloyatida 932 538 doza, 
  • Andijon viloyatida 798 009 doza,
  • Samarqand viloyatida 668 463  dozani tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 30 iyul kuni O‘zbekistonga AQSHdan koronavirusga qarshi 3 million 60 doza Moderna vaksinasi olib kelindi. Ma’lumot o‘rnida, bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX dasturi doirasida amalga oshirildi. Bundan avval, joriy yilning mart oyida COVAX dasturiga asosan 660 ming doza AstraZeneca vaksinasi keltirilgan edi.

Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 12 million 580 ming 60 dozani tashkil qilmoqda. Ulardan: 

  • 370 ming dozasi “Sputnik V”, 
  • 710 ming dozasi AstraZeneca, 
  • 8,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 3 million 60 dozasi Moderna vaksinasidir.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing