O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 42 nafarga yetdi
Jamiyat
−
22 mart 2020
12801Joriy yil 22 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 42 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
"O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha bittaga oshib, 42 nafarga yetdi. Ushbu infeksiya aniqlangan fuqaro Shveysariyada bo‘lib qaytgani ma’lum bo‘ldi.
Ayni vaqtda virusologiya ilmiy tekshirish institutida bo‘lib turgan 42 nafar bemorning 9 nafarida o‘pkaning yallig‘lanishi, ya’ni pnevmoniya holati qayd qilingan. Og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘q", deyiladi SSV xabarida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi