O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 40 mingga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Bugun, 26 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 126 nafarga ortib, 39 790 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlari:

•    105 nafari Toshkent shahrida;
•    8 nafari Samarqand viloyatida;
•    6 nafari Surxondaryo viloyatida;
•    5 nafari Namangan viloyatida;
•    2 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
 
Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 81 yoshli M.I. (erkak) hamda Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 73 yoshli D.I. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
 
Ayni paytda O‘zbekistonda 35 983 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (90 foiz) sog‘aygan.
 
Hozirda mamlakatda 3 518 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 294 nafari og‘ir, 110 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

208

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing