O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar 670 nafarga yetdi
Jamiyat
−
17 may 2021 5449 1 daqiqa
O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 670 nafarga yetdi. Kecha, 16 may kuni yana 2 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 16 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 223 kishiga ortib, 96 893 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 6 nafari Andijon viloyatida;
- 3 nafari Buxoro viloyatida;
- 2 nafari Jizzax viloyatida;
- 3 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 2 nafari Navoiy viloyatida;
- 8 nafari Namangan viloyatida;
- 23 nafari Samarqand viloyatida;
- 6 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 5 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 2 nafari Xorazm viloyatida;
- 42 nafari Toshkent viloyatida;
- 107 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qashqadaryo viloyatida 8 nafar;
- Namangan viloyatida 5 nafar;
- Samarqand viloyatida 51 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 3 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 8 nafar;
- Toshkent viloyatida 23 nafar;
- Toshkent shahrida 94 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 92303 (+192) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 670 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3920 nafar bemor davolanmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr