O‘zbekistonda koronavirusdan asosan kimlar o‘lyapti?
Bu qiziq
−
06 Sentabr 2020
55568O‘zbekistonga koronavirus kirib kelganiga 10 kundan keyin 6 oy to‘ladi. Bu vaqt oralig‘ida ushbu virusdan 345 kishi qurbon bo‘ldi. Bu rasmiy raqam, xolos. Ayni vaqtda kasallanganlarning umumiy soni 43 476 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 40 880 nafari sog‘aygan.
Xo‘sh, O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lim holati asosan kimlarni ta’qib etmoqda? Ushbu virusdan vafot etayotganlarning o‘rtacha yoshi qanday? Sog‘liqni saqlash vazirligi ilk bor ushbu ma’lumotlarni ochiqladi.
SSVga ko‘ra, mamlakatda koronavirus qayd etilgan bemorlarda o‘lim ko‘rsatkichlarining aksariyatiga surunkali va hamroh kasalliklarning mavjudligi ham sabab bo‘lmoqda.
6 sentyabr holatiga ko‘ra, COVID-19 infeksiyasidan vafot etganlar 345 nafar yetgan. Ularning 132 nafarini ayollar, 213 nafarini erkaklar tashkil etgan. O‘limning yosh toifasiga ko‘ra, 6 nafar bemor 30 yoshgacha, 26 nafar 30-40 yosh oralig‘ida, 45 nafar 40-50 yosh oralig‘ida, 99 nafar 50-60 yosh oralig‘ida, 106 nafar 60-70 yosh, 63 nafar 70 yoshdan katta bemorlar tashkil etgan.
O‘lim sababiga ko‘ra, vafot etganlarning 264 (81,4 foiz) nafarida o‘tkir yurak qon-tomir, nafas yetishmovchiligi, 10 nafarida (17,0 foiz) o‘tkir respirator distress sindrom, 8 nafarida (2,4 foiz) tromboemboliya, 4 nafarida (1,2 foiz) o‘tkir miokard infarkti va boshqalar qayd etilgan.
COVID-19 infeksiyasidan vafot etgan bemorlarda kasallikning kechishi tahlil qilinganda, aksariyat bemorlarda giperkoagulyatsiya – organizmdagi barcha tomirlarda qonning quyulib ketishi kuzatilib, uning asorati bemor a’zolarida tromboz, infarkt, insult kabi asoratlarga olib kelgan.
LiveBarchasi