O‘zbekistonda koronavirus yuqtirishning kunlik rekordi yana yangilandi. Bir bemor vafot etdi
Jamiyat
−
25 mart 2021
13318Kecha, 24 mart kuni O‘zbekistonda 138 kishida COVID-19 aniqlanib, koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik ko‘rsatkich yil boshidan beri rekord darajaga yetdi. Joriy yilning 24 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 81 816 (+138) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 3 nafari Jizzax viloyatida,
- 2 nafari Namangan viloyatida,
- 2 nafari Samarqand viloyatida,
- 20 nafari Toshkent viloyatida,
- 111 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 624 nafarga etdi.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 5 nafar,
- Xorazm viloyatida 3 nafar,
- Toshkent viloyatida 19 nafar,
- Toshkent shahrida 71 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 80143 (+98) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1049 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi