O‘zbekistonda koronavirus yana avj olmoqda
Salomatlik
−
17 iyun 2022 39787 1 daqiqa
Kecha, 16 iyun kuni O‘zbekistonda 59 kishida (poytaxtning o‘zida — 45 kishida) koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu mart o‘rtalaridan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 2 nafari Andijon viloyatida;
• 1 nafari Buxoro viloyatida;
• 2 nafari Samarqand viloyatida;
• 4 nafari Surxondaryo viloyatida;
• 1 nafari Farg‘ona viloyatida;
• 4 nafari Toshkent viloyatida;
• 45 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Qayd etilishicha, pandemiya boshlanganidan buyon O‘zbekistonda rasman qayd etilgan koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 239,4 mingtani tashkil etmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025